Ansu Fati - Ispaniya terma jamoasi safida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchi

7 sen 2020, 08:03
Ispaniya-Ukraina uchrashuvida ispanlarning 4 ta golidan bittasi Ansu Fati hisobiga yozildi.

Anssumane Fati Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Ukrainaga qarshi o'tkazilgan bahsda (4:0) Ispaniya terma jamoasi safidagi debyut golini urdi. Natijada Fati terma jamoa safida xalqaro o'yinda gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchi bo'ldi. U gol urgan vaqtida 17 yosh 311 kunlik edik.

Shuningdek, Fati Millatlar Ligasi doirasida boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida ham tarixga kirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta