

"O'tgan haftada "Tottenxem"ga qarshi bahsda Sterlingni turtib yuborishga vaziyat bo'ldi. Hakam buni qanday ko'rmay qoldi? "Xall"ga esa Markos Alonso foli uchun penalti berishmadi. Nega hakam "Byornli" darvozasi oldida Koselni ofsaydda deb hisobladi?
"Chelsi" va "Arsenal" ochko yo'qotishi mumkin edi, "Siti" esa g'alaba qozongan bo'lardi. Bu chempionlik poygasiga ta’sir ko'rsatyapti, meni tushunyapsizmi? Hakamlarga yordam kerak. O'yin shunchalik tezki, ular ulgira olishmayapti. Belerin qarshi hujumga chopayotganda professional futbolchi ham unga yetib olishi qiyin, hakam esa uning yonida bo'lishi va hammasini ko'rishi kerak.
Bizga televizor qarshisida o'tiradigan va tez qaror qabul qilib, uni referiga ma'lum qiladigan yana bir hakam kerak" - deydi Anri.


