Anna va Zilola Xitoy - Gonkong uchrashuvini boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2018, 14:04
Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha musobaqalarida uchrashuvlarni boshqarib borish uchun O'zbekistondan ham hakamlar taklif etilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

17 avgust kuni bo'lib o'tadigan Xitoy va Gonkong ayollar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hamyurtimiz Anna Sidorova bosh hakam sifatida ishlaydigan bo'ldi.

Yana bir o'zbekistonlik referi Zilola Rahmatova ushbu o'yinda laynsmen sifatida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz