
Angliya 2007 yildan so'ng ilk marotaba "Uembli"dan tashqarida ikki uchrashuv o'tkazadi. Bu o'yinlarda Roy Xojson shogirdlari Evro-2016ga tayyorgarlik ko'rishadi. Inglizlarning o'rtoqlik bahslaridagi raqiblari Turkiya, Avstraliya va Portugaliya bo'ladi.
Angliya terma jamoasi Turkiyani "Etixad - Siti of Manchester" stadionida qabul qiladi, Avstraliyani esa Sanderlendda. So'nggi uchrashuv "London"dagi "Uembli"da bo'ladi.