Angliya terma jamoasi darvozaboni jarohat oldi

9 okt 2019, 07:44
Tom Xiton safdan chiqdi.

“Aston Villa” posboni Tom Xiton jarohatga yo'liqdi. U Angliya termasidan chaqiruv olgandi. Garet Sautgeyt uning o'rniga “Sheffild Yunayted” posboni Din Xendersonni chaqirdi.

Din joriy mavsum APLda 8 ta o'yinda 3 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma'lumot uchun, Angliya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Chexiya (11 oktyabr) va Bolgariya (14 oktyabr)ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport