Angliya Liga kubogi. “Shaharliklar” Chempionship vakilidan penaltilar seriyasida ustun kelishdi

25 okt 2017, 02:58
Angliya Liga kubogining 4-bosqichida “Etihad – Siti of Manchester” stadionida mezbonlar “Vulverxempton” bilan kuch sinashishdi.

 Chempionshipda yetakchilik qilayotgan “bo'rilar” Premer liga peshqadamiga etarlicha qarshilik tug'dirishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti va qo'shimcha taymlarda ham hisob ochilmagach, tomonlar penaltilar seriyasida g'olib nomini aniqlashdi. “Lotoreyalar bahsi”da omad Gvardiola jamoasi tomonida bo'ldi -3:1.

Shu tariqa “Manchester Siti” Liga kubogining keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Angliya liga kubogi.

4-bosqich.

Manchester Siti – Vulverxempton 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), po penalti - 3:1

Manchester Siti – Bravo, Mangalya, Adarabioyo (Stounz, 90), Danilo (Uoker, 103), Ture, Gyundogan, Zinchenko, Sterling, Bernardu Silva (Sane, 95), Aguero, Gabriel Jezus (de Bryuyne, 82).

Vulverxempton –Norris, Bennett, Batt, Xoz, Ruben Vinagre, Ndiaye, Koudi, Elder Koshta (Kavaleyru, 78), Prays, Marshall (Ronan, 72), Enobaxare (Leo Bonatini, 90).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 3:1.

Ogohlantirish:Prays (82), Bennett (84), Ture (93).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia