Angliya liga kubogi. “MYU” final sari dadil qadam tashladi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2017, 03:16
Angliya liga kubogi yarim final ilk uchrashuvida “Manchester Yunayted” futbolchilar o'z maydonlarida “Xall Siti”ni qabul qilishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Xuan Mata va Fellayni tomonidan kiritilgan gollar, Joze Mourinyo jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.

Yarim finalnining ikkinchi uchrashuvi “Liverpul” va “Sautgempton” finalga chiqish uchun kurash olib borishadi.

Angliya liga kubogi.

½ final.

Birinchi uchrashuv.

Manchester Yunayted – Xall 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 56 Mata, 2:0 – 87 Fellayni.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Jons, Darmian, Valensiya, Mata (Fellayni, 79), Pogba, Errera, Mxitaryan (Lingard, 71), Runi (Marsyal, 59), Reshford.

Xall: Yakupovich, Maguayr, Robertson, Taymon (Uir, 90), Meyler, Klukas, Xaddlstoun, Snodgrass, Meyson, Xenriksen (Ernandes, 19), Diomande (Melouni, 74).

Ogohlantirish: Maguayr (40).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia