Angliya Kubogi. “Chelsi” o'z maydonida “Sheffild Yunayted”ni engib, yarim finalga yo'l oldi

Eldor Akmurzayev
21 mar 2021, 20:28
Musobaqa 1/4 finalidan o'rin olgan "Chelsi" – "Sheffild Yunayted" mezbonlar zafar quchdi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar a'zosi Oliver Norvudning avtogolidan so'ng ochildi. 90+2 daqiqada esa zaxirada o'yinga qo'shilgan Hakim Ziesh raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:0!

Shu tariqa, “Chelsi” “Sautgempton” va “Man Siti”dan keyin yarim finalning uchinchi ishtirokchisiga aylandi.

"Chelsi" – "Sheffild Yunayted" 2:0 (1:0, 1:0)

"Stemford Brij"

Gollar: 1:0 – 24, avtogol Norvud, 2:0 – 90 Ziesh.

"Chelsi" – Arrisabalaga, Emerson, Chiluell, Kristensen (Aspilikueta, 63), Zuma, Kovachich, Maunt, Gilmor (Ziesh, 72), Pulishich (Kante, 83), Xadson-Odoi (Xavertc, 72), Jiru (Jeyms, 63).

"Sheffild Yunayted" – Remsdeyl, Stivens, Boldok, Djagelka, Bogl (Musse, 90), Flek, Osborn, Landstrem, Norvud (Bryuster, 79), Makberni (Berk, 75), Makgoldrik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia