Angliya Jahon chempionatlari tarixidagi unikal rekordni qayd etdi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2022, 10:00
Qatardagi mundial dastlabki turida Angliya TJ Eronni tor-mor (6:2) etdi.

Uchrashuvda inglizlarning oxirgi to'pini Jek Grilish kiritdi. Mazkur gol kombinaciyasida “uch sherlar” 35 ta uzatmani amalga oshirishdi. Bu mundial tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi (1966 yildan beri shu kabi statistika hisoblab kelinadi).

Eslatib o'tamiz, Garet Sautgeyt shogirdlari keyingi turni 25 noyabrda kuni AQSH bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports