Andrey Shipilov: “Vaziyatlardan foydalana olmadik”

Narzulla Saydullayev
24 apr 2018, 20:48
Neftchi - Metallurg (0:0) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ilk qismida bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov va Abror Xusinov ishtirok etdi.

-  Bugun 2 ta hujumchi bilan maydonga tushdik va g'alaba sari intildik. Lekin asosiy muammomiz golli vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Ikkinchi bo'limda yigitlarni ruhiy holati pasaygani sababli, biroz o'yinimiz ortga ketdi. Takrorlayman, xavfli vaziyatlardan foydalana olmasligimiz bizning og'riqli nuqtamiz bo'lib turibdi. Fikrimcha, futbolchilarga biroz mahorat va tajriba yetishmayapti.

-  “Neftchi” haqida qanday fikrdasiz?
-  Men “Neftchi”da ishlab ko'rmaganman. Shu sababli fikr bildirish qiyin hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, bir qator “Neftchi” futbolchilari jarohat bilan bellashuvda ishtirok etayotgani sezildi. Shu muammo hujum chizig'iga ham ta’sir o'tkazdi. “Neftchi”ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.


 Bugun hujumkor futbolga ko'rsatma berilgandi. Ikki hujumchi bilan boshladik. Afsuski yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda bizga omad yetishmadi. O'z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishga erishdik. Biroq qayd etilgan natija bizni qanoatlantirmadi, deydi Abror Xusinov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати