Bu maqsadga erishishda futbolchilar maydonda astoydil mehnat qilishdi. Buning natijasida andijonliklar muxlislarga jamoamiz yana oliy ligani taqdim etdi. Ayni paytda jamoamiz ulkan maqsadlar bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, o'tgan mavsum bo'yicha futbolchilar bilan hali to'la hisob-kitob ishlari qilinmadi. Yani futbolchilar oldida 9 o'yin g'alabasi uchun mukofot pullari hamda eng asosiysi oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritilgani uchun beriladigan bonuslar turibdi. O'tgan yili “Andijon” jamoasining mavsum yakunlari bo'yicha o'tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimi jamoa uchun befarq emasligini aytib, moddiy tomondan yordam berishni ta'kidlab o'tgandi.
Bu borada vaziyat qanday ekanligini bilish maqsadida bosh murabbiy Azamat Abduraimovning fikri bilan qiziqdik. - Jamoamizning bosh homiysi “GM-Uzbekistan” qo'shma korxonasi hisoblanadi va ular bizga har qanday yordamni berib kelishmoqda. Ammo shuni aytish kerakki, xokimiyat tomonidan o'tgan mavsum uchun futbolchilar oldida mukofot pullari bo'yicha qarzdorlik bor. Qolaversa, oliy ligaga chiqqanimiz munosabati bilan futbolchilarga bonuslar berilishi kerak. Yil boshida futbolchilarga hech qanday ko'tarma pullari berilgani yo'q. O'tgan mavsum bo'yicha qarzdorlik bo'lishiga qaramay, Rasur Rahmonov, Lochin Soliev, Bekzod G'oziev singari yetakchi o'yinchilarimiz jamoada shug'ullanimshoqda. Buning uchun ularga rahmat. Lekin bu yil oliy ligada yuqori o'rinlarga kurashishimiz uchun jamoada hech qanday muammo bo'lmasligi lozim. Viloyat hokimi Shuhrat Qo'shaqboevich Abdurahmonov bonuslar berilishini vada qilgan. Umid qilamizki, bu masala yanvar oyi ichi ijobiy hal bo'ladi.