
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, kuni-kecha Andijon viloyati futbol federatsiyasi vice-prezidenti ham o'zgargan. 2004 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Ilhomjon Ustaxonov (fotoda) iste'foga chiqarilgan.
Endilikda ushbu vazifani vaqtinchalik Elyor G'ulomov bajaradi. Yaqin orada rasman ushbu lavozimga biror-bir shaxs tayinlanishi kutilmoqda.