

Darvozabon qishda "Neftchi"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Neftchi"ning joriy mavsumda asosiy darvozaboni bo'lgan Botirali Ergashev kelasi mavsum legioner bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, Tokataevning "Andijon" bilan tuzgan shartnomasi qishda yakunlanadi. Darvozabon "Andijon" safida jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Shuningdek, darvozabon ushbu bahslarda jami 22 ta gol o'tkazib yuborgan.



