Andijonlik ishqibozlar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
22 mar 2017
Ma'lumki ushbu hafta Andijonda futbol mavsumining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Andijonlik futbol ishqibozlarini ketma-ket ikki kun bir-biridan qiziq o'yinlar kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichidan o'rin olgan UzDongJu - Buxoro o'yini 24 mart, juma kuni Sho'rbuloq dahasidagi FIMI stadionida bo'lib o'tadi. Shu kuni Andijon ishqibozlar klubiga a'zo bo'lishni istagan muxlislarni o'yinga taklif etamiz va 25 mart kuni bo'lib o'tadigan Andijon - Neftchi uchrashuviga so'nggi repeticiya jarayoni bo'lib o'tadi. Ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'ychievning ma'lum qilishicha, muxlislar klubiga a'zo bo'lganlar bepul chiptaga ega bo'ladi. Sevimli jamoangizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlang! Zero, ishqibozlar daldasi jamoamiz uchun muhimdir!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia