Andijonda futzal bo'yicha o'smirlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 21:24
Joriy yilning 25-26 yanvar kunlari O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining taqvim rejasida belgilangan tadbirlarga asosan Andijon viloyati Xo'jaobod tumanida mini-futbol (futzal) bo'yicha viloyat dastlabki bosqichi o'tkazildi.

Ushbu musobaqada 15 yoshgacha bo'lgan jami 8ta jamoa qatnashdi. Musobaqa ko'tarinki ruhda tashkil etilib qizg'in kurashlar ostida kechdi. Ushbu musobaqa davomida viloyat terma jamoasiga o'yinchilar tanlab olindi. Musobqada birinchi o'rinni Xo'jaobod tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabi, ikkkinchi o'rinni Buloqboshi tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabi, uchinchi o'rinni Andijon shahar Ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoalari egalladilar.

Musobaqa g'oliblariga Andijon viloyat futbol federatsiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi viloyat filiali hamda “Yoshlik” JTSJ viloyat kengashi tomonidan 1,2,3-darajali diplomlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyat futbol federatsiyasi matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia