Andijonda bepul chiptalar tarqatilishi davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
22 mar 2018, 17:35
23 mart kuni O'zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvga keng qamrovli ravishda katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Muxlislar esa ushbu bellashuvni intiqlik bilan kutmoqdalar.

Xalqaro darajadagi terma jamoamiz miqyosidagi uchrashuvning ilk bor Andijonda o'tkazilishi munosabati bilan qizg'in hozirlik ishlari olib borilyapti. E'tiborlisi, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan muxlislarga Navro'z bayrami munosabati bilan hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini taminlash maqsadida ularga munosib sovg'a sifatida  stadionga kirish huquqini beruvchi chiptalarni bepul qilib belgilandi. 

Shu bois 21 mart kuni Sog'lom avlod stadionida futbol ishqibozlariga bepul chiptalar tarqatildi. Shuningdek, Sahovat uyi, Mehribonlik uyi, kam taminlangan oilalar, viloyatdagi bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda davlat idora va tashkilotlari, qolaversa, stadion ta'mirlanishida beminnat hissalarini qo'shgan bir qator muassasa xodimlariga bepul chiptalar taqdim etildi. Lekin hozirda chipta masalasi bilan bog'liq, yani chiptalarni pulga sotilayotgani haqida gap-so'zlar urchiy boshladi. Biroq bunday ma'lumotlarga ishonmasligingizni so'rab qolamiz. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, uchrashuvga chiqarilgan chiptalar bepul tarqatilishi ko'zda tutilgan. Ertaga muxlislar uchun chinakam bayram tashkil etish maqsadida o'yin oldidan elimiz suygan sanatkorlar ishtirokida koncert dasturi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli futbol ishqibozlari, ertaga qiziqarli va murosasiz kechishi kutilayotgan o'rtoqlik uchrashuviga barchangizni taklif etib qolamiz.


Shuhratbek Jo'raev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia