Andijon viloyati Ikkinchi liga musobaqasi yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2022, 11:28
Kecha, 1 dekabr kuni Andijon viloyati Ikkinchi ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi bahsda "Uz Auto Motors" jamoasi "Tibbiyot-ADTI" jamoasi bilan to'qnash keldi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda "Uz Auto Motors" jamoasi yakunda 3:0 hisobida g'alabaga erishdi va 2022 yilgi Andijon viloyati Ikkinchi ligasi g'olibiga aylandi.

Uchrashuvdagi gollarga Bobur Umarov hamda Saidakmal Muxtorjonov mualliflik qildi.


Uz Auto Motors - Tibbiyot-ADTI 3:0

Gollar:
Bobur Umarov, 14 (1:0), Saidakmal Muxtorjonov 77 (2:0), Saidakmal Muxtorjonov, 87 (3:0)

Chetlatish: Azizbek Obabakirov, 43 (Uz Auto Motors)




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia