"Andijon" tarkibida yo'qotish

Narzulla Saydullayev
7 avg 2021, 17:12
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Coca Cola Superligasining 14-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Andijon" jamoasi Namangandagi "Markaziy" stadionda Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan "Burgutlar" tarkibida jiddiy yo'qotish bor. Gap shundaki, jamoaning yetakchi himoyachisi Usmonali Ismonaliev Superliganing 12-turida "Navbahor"ga qarshi bahsda jamoasi uchun g'alaba eltiruvi golni kiritgach, muxlislar o'tirgan tribuna tomon nojo'ya xatti-xarakatlarini amalga oshirgani uchun O'zPFL tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan.

Shu sababli, Ismonaliev bugungi uchrashuvda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia