Andijon - Norin o'yiniga bepul taklifnomalarni qo'lga kiriting

Narzulla Saydullayev
10 may 2018, 09:00
Andijon futbol klubi marketing bo'limi va championat.asia internet portali o'zaro hamkorlik qiladi.

Ma'lumki, 10 may payshanba kuni PRO-Liganing 8-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu yil o'z oldiga Superligaga chiqishni vazifa qilib qo'ygan Andijon jamoasi chempionatning navbatdagi turida Haqqulobodning Norin jamoasini qabul qiladi.

Bo'lajak vodiy derbisiga bo'lgan qiziqish har yilgidan ko'ra, ancha yuqori deyish mumkin.

Mazkur uchrashuvni bevosita Sog'lom Avlod stadionida kuzatib borish va buning uchun sizda bepul taklifnomalarni qo'lga kiritish imkoni bor.
Faqat siz quyida keltirilgan savollarga birinchi bo'lib va aniq javob berishingiz kifoya.

Eslatib o'tamiz, birinchi savolga tezkor va aniq javob bergan muxlis Andijon - Norin o'yiniga chiqarilgan taklifnomadan ikkitasini qo'lga kiritadi. Ikkinchi savolga tezkor va aniq javob bergan muxlis esa bitta taklifnomani qo'lga kiritadi.

Demak, savollarga javob berishga shoshiling!

1-savol: 2008 yil "Andijon"ning to'purari kim bo'lgan?
2-savol: "Andijon"ning oliy ligadagi eng so'nggi golini kim urgan?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia