"Andijon" legioner futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
11 fev 2024, 18:35
"Andijon" o'z tarkibiga makedoniyalik o'yinchini qo'shib oldi.

"Andijon" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligi jarayonida selekciyada ham rejalashtirilgan ishlarni olib bormoqda. Nihoyat, muxlislarni qiziqtirgan yangiliklarga ham yetib kelmoqdamiz. Jamoamiz safi bir qator yangi futbolchilar bilan to'ldirilmoqda.

Jumladan, Antaliyadagi yig'inda "Andijon" tarkibiga qo'shilgan makedoniyalik Demir Imeri bilan shartnoma imzolandi va endilikda ushbu o'yinchi rasman jamoamiz a'zosiga aylandi.

Demir Imeri. 1995 yilning 27 oktyabr sanasida Makedoniyaning Kisevo shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi va qanotda ham to'p suradi.

Futbolchi faoliyati davomida "Rabotnichki" (Makedoniya), "Shkendiya" (Makedoniya), "Xorizont" (Makedoniya), "Renova" (Makedoniya), "Kamza" (Albaniya), "Kemi Kings" (Finlyandiya), "Mosta" (Malta), "Olimpik Donesk" (Ukraina), "Vlajniya" (Albaniya), "Egnatiya" (Albaniya) hamda "Atirau" (Qozog'iston) klublarida to'p surgan.

Demir, "Andijon"ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати