"Andijon Kelajak Ligasi-2017": Navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi

16 okt 2017, 19:11
15 oktyabr, yakshanba kuni Andijon shahrida 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Kelajak ligasi-2017” turniring navbatdagi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyat futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa haftaning har yakshanba kuni o'tkaziladi. Unda jami 8ta jamoa ishtirok etadi. Uchrashuvlar sun'iy maydonda o'tkazilmoqda (XBK arena).


Kecha 3-4-tur bahslari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi.

3-tur

"Azia-2" - "Izboskan" 0:0

"BO'FM" - "Istiqlol" 2:4

"Azia-1" - "Poytug'" 5:1

4-tur

"Istiqlol" - "Azia-2" 6:1

"Azia-1" - "Izboskan" 4:1

"BO'FM" - "Poytug'" 1:3



Islombek Rustambekov.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia