Anchelotti Yovichning "Fiorentina"ga ketishiga qarshi

Alisher
30 iyun 2022, 10:53
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti forvard Luka Yovichning "Fiorentina"ga ketishiga qarshi.

Italiyaliklar futbolchini yaqin vaqtlarda ijaraga olishmoqchi.

Mutaxassis o'yinchini jamoada saqlab qolmoqchi. Anchelotti Yovichni italyan klubiga o'tish fikridan qaytarish uchun barchasini qilishga tayyor.

Kecha, Yovichning kelasi haftada tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnomaga imzo chekish uchun Florenciyaga borishi xabar qilingan edi.

Forvard "Real" tarkibida o'tgan mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Radio Bruno