Anchelotti Vinisius Orbanni tomog'idan turtgani haqida: "Bu qizil kartochkaga tormaydi"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2024, 12:50
Karlo Anchelottining fikricha, Vinisius "Leyptsig"ga qarshi bahsda qizil kartochkaga mos ish qilgani yo'q.

"Real" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi. 55-daqiqada Vinisius Junior Villi Orbanni tomog'idan turtib, qoida buzdi. Uchrashuv bosh hakami unga sariq kartochka ko'rsatdi. Voqeadan 10 daqiqa o'tib braziliyalik raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"U ajoyib gol urdi. Bu turtishni qizil kartochkaga tortadi deb o'ylamayman" - deydi "Real" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca