Anchelotti La Liga joriy mavsumidagi ilk mag'lubiyat haqida nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
8 noya 2022, 08:30
Ispaniya chempionati 13-turida “Real” safarda “Rayo Valekano”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

La Ligadagi ilk mag'lubiyatdan keyin Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan bo'lishdi. Bungacha jamoa 10 g'alaba va 2 durang qayd etib turgandi.

“Ular shunday harakat qilishini bilardik. Bugun ular o'zaro to'qnashuvlarda ustun kelishdi. Bu yomon kecha edi, bori shu.

Strategiyani o'zgartirishimiz kerak edi, ammo buni qilmadik va bu uchun jazolandik. Shuningdek, deyarli barcha duellarda yutqazdik.

Vinisius 2 yo 3 ta imkoniyatdan foydalana olmadi, odatda unday bo'lmasdi. Bu eng yaxshi o'yinimiz emasdi.

Referiga kelsak, u haqda hech qanday fikrim yo'q. Buning uchun VAR bor.

Bizga yangilik yetishmayapti, ammo o'tgan o'yinlardan keyin bu normal holat. Endi mavsumning ilk qismini tahlil qilish, yaxshi tomonlarni ko'rib chiqish kerak.

Chempionlar Ligasi pley-offidamiz va La Ligada yaxshi o'ynamoqdamiz. “Kadis”ga qarshi uchrashuvni qoyilmaqom o'tkazishimiz, dam olishimiz va ishga qaytishimiz kerak”, deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca