Anchelotti kelasi mavsum Milan klubini boshqarishi mumkin

Alisher
14 noya 2019, 18:32
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Milanga qaytish haqida o'ylamoqda.

Italiyalik mutaxassisning neapolliklar rahbariyati bilan munosabatlariga putur etgan. Ko'pchilik uning mavsum yakunlangandan so'ng klubda qolishiga shubha bilan qaramoqda.

Xabar qilinishicha, 60 yoshli mutaxassis agar taklif bo'lsa, "Milan"ga qaytish variantini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

A Seriya qoidalariga ko'ra, mutaxassis bitta mavsumda ikkita klubda ishlashi mumkin emas. Shu sababli, murabbiy "San Siro"ga kelasi yozda qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport