
"Menimcha, bugun mag'lubiyatga munosib emasdik, chunki yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Ammo "Valensiya" bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan, biz faqat bitta gol urdik. Imkoniyatlardan unumli foydalanganimiz yo'q..
"Real" ketma-ket 22 g'alabadan so'ng mag'lub bo'ldi. Ertami kechmi bu seriya yakunlanishi kerak edi. Keyingi o'yinlarda yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishga urinib ko'ramiz" - deydi Anchelotti.