Anchelotti: “Di Mariya – “Real” futbolchisi va u mavsumoldi yig'inlarda ishtirok etishi shart”

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 11:41
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti takidlashicha, jamoa yarim himoyachisi Anxel di Mariya o'z vaqtida mavsum oldi yig'inlariga kelishi kerak.
“Di Mariya “Real” futbolchisi sanaladi. U mavsumoldi yig'inlarda ishtirok etishi kerak. Albatta, jamoaga Toni Kroos va Xames Rodriges kelishi bilan raqobat kuchayadi.
 
Ammo o'ylashimcha, grandlarda doimo raqobat bo'lgan. O'tgan mavsum so'nggida bizda muammolar bo'lgandi, bu ikki futbolchi bilan muammolar kamayadi” – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com