Anchelotti CHL qur'asidan so'ng "Atletiko"ning tviti haqida: "Tvit nima o'zi? Vaqtimiz ko'proq bo'lganida tushintirib berarsiz"

Aslanov Jasurbek
22 fev 2025, 19:52
Karlo Anchelotti "Atletiko"ning "Real" haqidagi bahsi uchun qoldirgan tvitiga izoh bera olmadi.

Kecha Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlandi. "Atletiko" "Real" bilan o'ynaydi, birinchi bahs 4 mart kuni "Bernabeu"da o'tkaziladi.

"Atletiko" matbuot xizmati bu xabarga GTA: San Andreas o'yini startidagi memni tvitterga joyladi. Unda quyidagi so'zlar yoziladi: "Obbo, yanami" (Ah shit, here we go again).

- "Atletiko"ning qur'a haqidagi tvitiga qanday izoh bera olasiz?

- Tvit deganingiz nima? Vaqtimiz ko'proq bo'lganida tushintirib berarsiz (kulib).

Aslida bunday narsalarga e'tibor qaratmayman - dedi "Real" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As