Anchelotti - Beyl haqida: "Biroz kutish kerak"

Mirjalol Normatov
13 fev 2022, 10:41
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa vingeri Garet Beylning YCHL 1/8 finali doirasida PSJga qarshi o'ynida asosiy tarkibda tushishi borasidagi savolga javob berdi.

LaLiga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda uelslik futbolchi avgust oyidan buyon ilk marta jamoa tarkibida maydonga tushdi.

"Bilmadim. Biroz kutish kerak. Yaqin kunlar ichida nimalar ro'y berishiga qaraymiz. Umid qilamanki, jarohatlanganlarning barchasi safga qaytadi.

Beylga imkoniyat berildi va u o'zini ko'rsata oldi. U o'zidan talab qilinganidek doimiy ravishda hujumlarimizni keskinlashtirib turdi", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal