Anchelotti Benzema maxsus grafik asosida "Chelsi"ga qarshi o'yinga tayyorlanayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 17:54
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzemaning "Chelsi"ga qarshi o'yinga maxsus grafik orqali tayyorlanayotganini ma'lum qildi.

"Masalan, Benzemaning "Real" o'yinlarida jismonan qanchalar kuchli ekanligini ko'ryapsizlar. U seshanba kungi uchrashuvga maxsus grafik asosida tayyorlamoqda. Uni asosiy tarkibda maydonga tushirishni niyat qilyapman. Fikrimcha, u ketma-ket uch o'yinni o'tkaza oladi", - dedi Anchelotti.

"Real" navbatdagi uchrashuvini 18 aprel kuni YCHL 1/4 finali doirasida "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi. Dastlabki bahsda madridliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal