Ana xolos! Messi 12ta o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Alisher
18 yanv 2021, 09:16
"Barselona" sardori Lionel Messi Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletik"ga qarshi o'yinda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

Argentinalik qo'shimcha daqiqalarning so'nggisida raqib forvardi Aser Vilyalibrening boshiga zarba berdi.

Marca'ning ma'lumotlariga ko'ra, Messi Primeroning "Intizom namunalari" kodeksidagi 98-modda bo'yicha 12ta o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Messi kataloniyaliklar tarkibidagi 753-o'yinda ilk bor qizil kartochka oldi.

Messi qizil kartochka olgan vaziyat videosi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS