Ana xolos, eronlik darvozabon "Istiqlol" sport direktori burnini sindirdi

Xayrulla Xoliqov
1 mar 2019, 22:02
Eron terma jamoasi sobiq darvozaboni Alirizo Xagigi mashg'ulot o'tkazayotgan paytda ko'ngilsiz voqea ro'y berdi.

U o'zaro kelishmovchilik tufayli "Istiqlol" futbol klubi sport direktori Ali Xatir bilan tortishib qoldi. Ish oxiri janjalgacha borib etdi va darvozabon bir kalla qo'yib sport direktorining burnini sindirdi. 

Shundan so'ng Ali Xatir 30 yoshli posbonni sudga berdi. Ma'lumot uchun, ushbu darvozabon Shvetsiyaning "GIF Sundsval" klubini tark etganidan beri jamoasiz yuribdi. Alirizo Xagigi JCH-2014da ishtirok etgan va Argentina, Nigeriya, Bosniya bilan kechgan bahslarda terma jamoasi darvozasini qo'riqlagan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com