

"Fiorentina"ning 26 yoshli yarim himoyachisi hozirgi paytda JCH-2022da Marokash terma jamoasi safida to'p tepmoqda. U barcha to'rtta o'yinni o'zgartirishsiz o'tkazdi.
"Tasdiqlashim mumkinki, menga har kuni klublardan Sofyan bo'yicha ko'plab qo'ng'iroqlar bo'lmoqda. Butun dunyo u turnirning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi ekanligini ko'rdi.
Sofyan musobaqada yaxshi ishtirok etmoqda. U yuqori darajadagi professional va faqat Marokash terma jamoasidagi o'yinlariga e'tibor qaratgan", – dedi Muhammad Sinouh.
Marokash ertaga chorak finalda Portugaliya bilan to'qnash keladi.



