Amrabat uchun kurashda qaysi klub yetakchilik qilayotgani ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023, 17:01
Futbolchi APLda o'ynashi mumkin.

"Manchester Yunayted" "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.

Klublar kelishuvga yaqin. "Manchester Yunayted" futbolchi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 25 million evro to'laydi.

Qishda marokashlik "Barselona"ga o'tishi mumkin edi, ammo "Fiorentina" bu kelishuvga to'sqinlik qildi. Yozda kataloniyaliklar futbolchidan voz kechishgan.

Amrabatga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Avvalroq 26 yoshli xavbek "Atletiko" klubining short-listidan o'rin olgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport