Amorim qishda MYUni tark etishi mumkin edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
20 may 2025, 00:05
Ruben Amorim qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishga tayyor edi.

ESPN xabariga ko'ra, yanvarda Amorim natijalardan xafsalasi pir bo'lgandi – jamoa sakkizta o'yinda faqat bir marta g'alaba qozongan, u iste'foga tayyor turgandi. Hamkasblari uni bu fikrdan qaytarishdi.

Portugaliyalik murabbiy rasman rahbariyatga ketishga tayyorligi haqida xabar bermagan bo'lsa-da, klubdagi bazi yuqori martabali shaxslar, jumladan, bosh direktor Omar Berrada uni qo'llab-quvvatlashga ishontirdi.

Bundan tashqari, klub egalaridan biri Jim Retkliff boshchiligidagi "Yunayted" rahbarlari, qiyinchiliklarga qaramasdan, Amorim bu vazifa uchun munosib nomzod ekaniga ishonishda davom etishdi.

Manbalardan birining xabar berishicha, yanvarda murabbiy "sezilarli darajada sochi oqargan".

Amorim "Yunayted"ni 2024 yil noyabrdan beri boshqaradi. Jamoa APL turnir jadvalida 37 turdan so'ng 39 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. Yevropa Ligasi finalida mankunianlar "Tottenhem" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN