Amin al-Sunayni: "O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa"

Narzulla Saydullayev
16 noya 2015, 16:57
JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi Yaman – O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi Amin al-Sunayni ishtirok etdi.

Bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirar ekan Yaman bosh murabbiyi quyidagilarni ta'kidladi:

“O'yin og'ir kechadi. O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa. Ammo, biz ham o'z navbatida o'yinimizni yaxshilab boryapmiz. So'nggi turdagi Filippin ustidan qozonilgan g'alaba ham bu gaplarning isboti. Biz mana shu ko'tarinki holatimizdan erataga ham to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz. Biroq, tushunib turibmizki ertaga bizga qiyin bo'ladi”.

“Barchangiz Yamandagi vaziyatni yaxshi bilasiz. Mamlakat og'ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, biz imkon qadar e'tiborimizni o'yinga qaratishga urinyapmiz. Kechroq bo'lsa-da ilk g'alabaga erishdik. Oldimizda hozir O'zbekiston hamda Baxraynga qarshi muhim o'yinlar kutib turibdi. Nima bo'lganda ham qolgan uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin namoyish qilishga va imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz”.

“O'zbekiston terma jamoasida qaysidir futbolchini alohida ko'rsatmagan bo'lardim. Chunki O'zbekiston birinchi navbatda tartibli jamoaviy o'yinga ega bo'lgan terma jamoadir. Biz ertangi o'yinda qaysidir futbolchiga ko'proq e'tibor qaratmaymiz”.

“Bizning guruh ushbu saralash bosqichidagi guruhlar ichida eng qiyinidir. Ammo bu qur'a natijasi. Bundan noliy olmaymiz. Futbol shunaqa”.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com