Amet Memet: "Guliston" oliy ligada qolishga loyiq jamoa"

Narzulla Saydullayev
21 sen 2013, 22:50
"Guliston" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Amet Memet o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin shiddatli kechdi, jamoamdagi futbolchilarning saviyasi raqibdan ko'ra ustunroq. Shu sababli ham g'alabaga erishdik. "Guliston" ham harakat qildi, ammo vaziyatlardan foydalanish borasida biz omadliroq chiqdik".

"Guliston" oliy ligada qolishga loyiq, bugun ularda ham imkoniyatlar bo'ldi, agar o'shanda gol bo'lganida o'yin boshqacha kechishi ham mumkin edi. So'nggi turlarda "Guliston" yaxshiroq harakat qilsa buni uddalasa bo'ladi".

"Bugun raqib tarkibidan darvozabonni (Doniyor Usmonov), markaziy himoyachi Bobur Akbarovni ajratib ko'rsata olaman".


Enver Gafarov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia