Amerika Kubogi-2015. Qur'a uchun savatchalar ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2014, 10:28
Keyingi yil Chilida bo'lib o'tadigan Amerika Kubogi uchun tashlanadigan qur'a savatchalari ma'lum bo'ldi.
Qur'a tashlash jarayoni 24 noyabrda bo'lib o'tadi.


Birinchi savatcha: Chili, Braziliya, Argentina.

Ikkinchi savatcha: Kolumbiya, Urugvay, Meksika.

Uchinchi savatcha: Ekvador, Peru, Paragvay.

To'rtinchi savatcha: Venesuela, Boliviya, Yamayka.

Amerika Kubogi reglamentiga ko'ra ¼ finalga guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoa va eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan uchichni o'rinni olgan ikki jamoa chiqadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 2015 yilning 11 iyunidan 4 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru