Amerika kubogi-2015. Chili 28 yildan so'ng finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2015, 09:00
Amerika kubogining ilk finalchisi ma'lum bo'ldi.
Chili terma jamoasi yarim finalda Peruni mag'lub etdi (2:1) va finalda Argentina – Paragvay juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.

Chili Amerika kubogi finaliga so'nggi bor 1987 yilda chiqqan va Urugvayga yutqazib qo'ygandi (0:1).

4 iyul kuni tongda Peru 3-o'rin uchun bahsda ishtirok etadi, ertasi kuni final bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru