

"Hozirgi termamizda 2010 yili Suaresga qarshi o'ynagan futbolchilar yo'q. Bizda avlod o'zgardi. Kechagi o'yinda yutishni istagandik. Ammo qarasak, navbatdagi bosqichga chiqishi uchun Urugvayga gol ko'proq kerak. Shunda jamoaga aytdim: "Biz ham gol urishimiz kerak, ular ham. Shu sababli ko'proq himoyalanamiz. Agarda o'zimiz pley-offga chiqa olmasak, ular ham chiqmasligi kerak", dedim. Albatta, yutishni istagandik. Biroq vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, bizning imkoniyatimiz past edi", - dedi Amarti.
Futbolchi Gana termasi 2:0 hisobidagi g'alaba ham Urugvayni keyingi bosqichga olib o'tmasligini bilgan holda uchinchi golni o'tkazib yubormaslikka harakat qilganini tan oldi.



