Alonso "Real"dagi faoliyatini baholashni istamadi

Mirjalol Normatov
19 dek 2025, 20:59
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatidagi bosim haqida gapirdi.

"Klub qo'llab-quvvatlovi? Ilk kunlardanoq bizda iliq munosabat bo'lgan. Talablar maksimal. Oldimizda uzun yo'l bor, bunda biz barchamiz bir-birimizni bilishimiz kerak. Klubdagilar maksimaliga erishishga harakat qilmoqda - buni yaxshi bilamiz. Prezidentdan futbolchigacha - barchamiz bir tanmiz. Ishimizni iloji boricha yaxshi bajarishga harakat qilyapmiz.

Baholash? Bu yerdagi faoliyatimni men baholay olmayman. Bahoni mavsum yakunlanganidan keyin qo'yamiz.

Hozir salomatligim yaxshi. Yilni ijobiy ruhda yakunlashni istaymiz", - dedi Alonso.

"Real" navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni "Sevilya"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca