Allegri va Bonuchchi o'rtasida muammo bormi? Murabbiy javob berdi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 12:46
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri OAVda e'lon qilingan u va jamoaning sobiq himoyachisi, hozir "Milan" sharafini himoya qilayotgan Leonardo Bonuchchi o'rtasidagi kelishmovchilik haqida fikr bildirdi.

Oldinroq, Bonuchchi "Yuventus"ga qaytmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Bazi Italiya OAV ma'lumotlariga ko'ra, himoyachi Turin jamoasini 2017 yilda Allegri bilan kelishmovchilik uchun tark etgan.

"Bonuchchi bilan munosabatimiz yaxshi. Bahslashganmiz, ammo bu narsa hamma futbolchilar bilan bo'lgan. Bu ishimizning bir qismi. O'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Transfer bozori haqida gapirmoqchi emasman, bu klubning ishi. Hozir "Yuventus"da 5 nafar ajoyib markaziy himoyachi bor" - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia