Allegri: "Ertaga muhim o'yin, lekin hal qiluvchisi emas"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2021, 22:31
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atalanta"ga qarshi o'yinda Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ga (0:4) qarshi bahsda muvaffaqiyatsizlikka uchragan futbolchilarni qayta tiklanishiga umid qilmoqda.

"Londondagi mag'lubiyatdan afsusdamiz, hech kim bunday yomon natijadan xursand emas. Jamoa Londonda birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdi, o'yin taxminan 55 daqiqagacha muvozanatimizda o'tdi, biroq ikkinchi goldan keyin parchalanib ketdik.

Ertaga muhim o'yin, lekin hal qiluvchisi emas, oldinda bizni muhim o'yinlar kutib turibdi", - deydi Allegri.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia