Alisson: "Saloh "Oltin to'p"ga munosib. U barqaror o'ynamoqda va rekordlarni urib tashlayapti"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2021, 23:02
"Liverpul" darvozaboni Alisson jamoadoshi Muhammad Salohning "Oltin to'p"ga bo'lgan imkoniyatlari haqida gapirdi.

"U bu sovringa munosib ekanligiga bir necha sabablar bor. Saloh faqatgina bu mavsumda yaxshi o'ynayotgani yo'q. O'ylashimcha, "Oltin to'p" uchun o'tgan mavsumlar ham ta’sir qiladi. Bilaman, boshqa raqiblar ham juda kuchli.

Misol uchun, Levandovski. U oxirgi mavsumlarda aqlga sig'maydigan natijalar qayd etdi. 

Saloh "Oltin to'p"ga munosib. U barqaror o'ynamoqda va rekordlarni urib tashlayapti", -deydi Alisson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport