Alisher Usmanov: Arsenaldagi akciyalarimni sotish haqida o'ylamayapman

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017, 22:31
Milliarder Alisher Usmanov Arsenalga oid bayonotni e'lon qildi.

Biznesmen London klubidagi akciyalarini Sten Kronkega sotmasligini ma'lum qildi.

So'nggi kunlarda Arsenaldagi menga tegishli 30 foiz akciyalar sotilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Men mister Kronke bilan hech qanday muzokara o'tkazmayapman.

Men doim akciyalarimni ko'paytirish haqida o'ylayman. Men Kronkega uning akciyalarini sotib olish uchun 2 milliard funt taklif qilganman. Bu taklif hamon o'z kuchida turibdi.

Har doim Arsenalning ashaddiy muxlisi bo'lib qolaveraman, – deydi Usmanov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/bbcsport_david