

AGMK va "Paxtakor" o'rtasidagi final uchrashuvi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bahsni ko'rish uchun stadionga "USM Holdings" tasischisi, Xalqaro qilichbozlik Federatsiyasi Prezidenti Alisher Usmanov kelishi kutilmoqda.
Kecha, 3 dekabr kuni Alisher Usmanovga tegishli bo'lgan "Airbus A340-313" samolyoti Myunxendan Toshkentga uchib kelgan.




