Ali Karimi Eron futbol federatsiyasini tanqid qildi

Xayrulla Xoliqov
14 fev 2018, 14:38
Eronlik mashhur sobiq futbolchi Ali Karimi mahalliy telekanallardan biriga chiqib, Eron futbol federatsiyasini tanqid qildi.

Uning tanqidlari asosan biri kishi - Eron FF Bosh kotibi Muhammadrizo Saketga qaratildi. Ali Karimi federatsiyada shaffoflik yo'q dedi: "Federatsiya nima ish qilayotgani haqida axborot bermayapti. Karlush Keyrushning taqdiri nima bo'ladi? Uning yordamchilari bilan shartnoma uzaytirilgani rostmi? Nima uchun terma jamoa murabbiylar shtabidan eronliklarni chiqarib tashlashdi? Savollar ko'p, lekin afsuski, javob beradigan kishi chiqmayapti".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com