Aleksis Sanches o'rniga nomzod topildi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018, 11:41
"Arsenal" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyangga qiziqish bildirmoqda.

"Arsenal" vakillari Aleksis Sanches o'rniga olib kelishi mumkin bo'lgan gabonlik futbolchini kuzatishmoqda. 29 yoshli chililik xizmatiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda.

Oldinroq, 28 yoshli Obameyyang "Borussiya" bilan shartnomani uzaytirmagani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com