Aleksis Sanches La Ligaga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025, 14:44
"Udineze" hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 36 yoshli chililik futbolchi "Udineze"dan "Sevilya"ga tekinga o'tadi. Hujumchi Ispaniya jamoasi bilan yana 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi.

Sanches o'tgan yilning avgust oyidan beri "Udineze"da to'p tepib kelayotgandi. U 2024/25 yilgi mavsum A Seriya va Italiya Kubogining 14 uchrashuvida qatnashgan, ammo gol ura olmagan. 

"Sevilya" 3 turdan keyin Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira