Aleksandr Mochinov: "Obod" oliy ligada qolsa, keyingi mavsum jamoa oldiga yangi maqsad qo'yiladi"

Narzulla Saydullayev
8 avg 2016, 23:18
"Buxoro" - “Obod” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Mochinov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Muxlislar tomoshabop futbol guvohiga aylanishdi. Mahorat bobida ancha ustunrok bulgan buxoroliklar baribir galabani rasmiylashtirishdi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanganiga qaramay birinchi bo'limda futbolchilar issiq bo'lganligi uchun chiroylit futbol namoyish eta olishmadi.

Bu mavsumda oliy ligada qolish vazifasini uddalay olsak, kelasi mavsumda jamoa oldiga boshqacha vazifa qo'yiladi", - deydi Mochinov.

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia